OLMA chakana savdo tarmog‘ida

«Butun mamlakat bo‘lib o‘ynaymiz»

aksiyasini o‘tkazish bo‘yicha

OMMAVIY OFERTA

(keyingi o‘rinlarda – «Oferta», «Aksiya»)

1. UMUMIY QOIDALAR
1.1. Ushbu hujjat "XALQ RETAIL" XK MChJning cheklanmagan shaxslar doirasiga qaratilgan ommaviy ofertasi (keyingi oʻrinlarda – "Oferta") hisoblanadi hamda "Adrenaline Rush", "Lipton", "Mirinda", "Mountain Dew", "Pepsi", "Rockstar", "Sting", "Snickers" savdo belgilari mahsulotlariga xaridorlar eʼtiborini jalb qilish, ularning sotuvini ragʻbatlantirish va ommalashtirishga qaratilgan "Butun mamlakat boʻylab oʻynaymiz" (keyingi oʻrinlarda – "Aksiya") reklama aksiyasini oʻtkazish tartibi va shartlarini belgilaydi. Aksiya unda Ijrochi bilan tuzilgan shartnomalar asosida ishtirok etayotgan hamda keyingi oʻrinlarda birgalikda "Hamkorlar" yoki "Aksiya Buyurtmachilari" deb yuritiladigan quyidagi hamkorlar ishtirokida oʻtkaziladi:
-       "INTERNATIONAL BEVERAGES TASHKENT" XK MChJ,
STIR: 301 975 029
-       "ADLER GROUP DISTRIBUTION" MChJ,
STIR: 302 857 893.
1.2. Aksiya Respublika hududidagi OLMA savdo-chakana tarmog‘ida o‘tkaziladi hamda u lotereya, qimor o‘yini, garov (pari) yoki maxsus ruxsatnoma (litsenziya) talab qiladigan boshqa turdagi faoliyat hisoblanmaydi.
Aksiya o‘zida tavakkalchilik elementini saqlamaydi, unda ishtirok etish uchun haq to‘lash ko‘zda tutilmagan va iste’molchilarning ishtirokidan bevosita daromad olishga qaratilmagan, balki Hamkorlar mahsulotlariga bo‘lgan talabni rag‘batlantirish va ularni targ‘ib qilish maqsadida o‘tkaziladi.
1.3. Mazkur Oferta O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining «Reklama to‘g‘risida»gi Qonuni, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, shaxsga doir ma’lumotlar haqidagi qonunchilik va boshqa amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq ishlab chiqilgan.
Ushbu Ofertaning 8-bo‘limida ko‘rsatilgan harakatlar amalga oshirilgan paytdan boshlab, mazkur harakatlarni tegishli tartibda bajargan shaxs Ofertaga qo‘shilgan (uni akseptlagan) hisoblanadi va bundan buyon «Ishtirokchi» deb yuritiladi, mazkur Oferta shartlari esa u tomonidan to‘liq hajmda, hech qanday shartlar va istisnolarsiz qabul qilingan deb hisoblanadi.
1.4. Aksiyani tashkil etish, muvofiqlashtirish va texnik jihatdan ta’minlash Ustav hamda Hamkorlar bilan tuzilgan tegishli shartnomalar asosida ish yurituvchi «XALQ RETAIL» MCHJ XK (keyingi o‘rinlarda – «Ijrochi») tomonidan amalga oshiriladi.
Ijrochi Aksiya doirasida:
1.4.1. aksiya shartlari to‘g‘risida axborot berilishini ta’minlaydi;
1.4.2. ishtirok etish bo‘yicha taqdim etilgan ma’lumotlarni qabul qilish va tekshirish ishlarini olib boradi;
1.4.3. sovrinlar o‘yinini tashkil etadi va G‘oliblarni aniqlaydi;
1.4.4. mazkur Oferta shartlariga muvofiq G‘oliblarga sovrinlarni topshirishni tashkil etadi.
1.5. Hamkorlar Ofertaning 7-bo‘limida ko‘rsatilgan sovrinlarni (buyumlarni) Ijrochi bilan tuzilgan tegishli shartnomalar shartlari asosida taqdim etadilar, bunda:
1.5.1. Tashkilotchi tomonidan mustaqil ravishda sotib olinadigan Mukofotlarga nisbatan mulk huquqi ular Gʻoliblarga topshirilgunga qadar Tashkilotchiga tegishli boʻladi;
Hamkorlar tomonidan taqdim etiladigan boshqa Mukofotlarga nisbatan esa, ushbu mukofotlar aksiya Gʻoliblariga topshirilgunga qadar Hamkorlar ularning mulkdorlari hisoblanadi;
1.5.2. Ijrochi aksiya gʻoliblariga mukofotlarni topshirishni quyidagicha amalga oshiradi:
Oʻz nomidan — Ijrochi tomonidan mustaqil ravishda sotib olingan mukofotlarga nisbatan;
Hamkorlarning nomi va topshirigʻiga binoan — Hamkorlar tomonidan taqdim etiladigan mukofotlarga nisbatan, agar tegishli shartnomada yoki ushbu Ofertada boshqacha holat toʻgʻridan-toʻgʻri nazarda tutilmagan boʻlsa.;
1.5.3. Ijrochi sovrinlarning ishlab chiqaruvchisi, sotuvchisi yoki yetkazib beruvchisi hisoblanmaydi, sovrinlarning sifati, butligi, ekspluatatsiya xususiyatlari bo‘yicha kafolat majburiyatlarini o‘z zimmasiga olmaydi va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘zda tutilgan hollardan tashqari, ularning soliq agenti sifatida ishtirok etmaydi.
1.6. Mazkur Oferta matni hamda Aksiya haqidagi har qanday reklama, axborot, promo yoki boshqa materiallar (shu jumladan, OAVdagi xabarlar, ijtimoiy tarmoqlar, vitrinalar, varaqalar va h.k.) o‘rtasida qarama-qarshiliklar yuzaga kelgan taqdirda, Ijrochining rasmiy saytida joylashtirilgan mazkur Oferta matni ustuvorlikka ega bo‘ladi. Ijrochi yoki Hamkorlar vakillarining har qanday tushuntirish va sharhlari, agar ular Oferta shartlariga zid bo‘lsa, yuridik kuchga ega emas.
1.7. Aksiyada ishtirok etish ixtiyoriydir. Mazkur Oferta shartlariga rozi bo‘lmagan shaxs ishtirok etishdan tiyilishi shart. Ofertaga o‘zgartirishlar kiritilgandan keyin ishtirok etishni davom ettirish Ishtirokchining o‘zgartirilgan shartlarga roziligini anglatadi.
1.8. Mazkur Oferta Ijrochining rasmiy saytida — https://olmamarket.uz manzilida to‘liq matni joylashtirilgan paytdan boshlab e’lon qilingan va barcha uchun ochiq tarzda e’lon qilingan hisoblanadi.
Oferta ko‘rsatilgan saytda joylashtirilgan paytdan boshlab kuchga kiradi va agar ushbu Ofertada nazarda tutilgan tartibda muddatidan oldin o‘zgartirilmasa yoki chaqirib olinmasa, Aksiya o‘tkazilish muddati tugagunga qadar amal qiladi.
Ofertadagi o‘zgartirishlar va (yoki) uning chaqirib olinishi ular Ijrochining rasmiy saytida joylashtirilgan paytdan keyin yuzaga kelgan huquqiy munosabatlarga nisbatan qo‘llaniladi hamda bunday e’longa qadar ishtirok etish shartlarini allaqachon bajargan Ishtirokchilarga nisbatan orqaga qaytish kuchiga ega bo‘lmaydi.

2. AKSIYA IJROCHISI
2.1. «XALQ RETAIL» MCHJ XK, STIR: 306955509, yuridik manzili: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Mirzo Ulug‘bek tumani, Qalandar ko‘chasi, 20-uy.
2.2. Ijrochi Aksiyani o‘tkazish bo‘yicha keng qamrovli rahbarlikni va muvofiqlashtirishni amalga oshiradi, jumladan:
-       ishtirok etish jarayonini tashkil etish, yutuqli oʻyinlarni oʻtkazish va sovrinlarni topshirish;
-       Ishtirokchilarga Aksiya shartlari to‘g‘risida aniq va to‘g‘ri ma’lumotlar yetkazilishini ta’minlaydi;
-       shaxsga doir ma’lumotlarni mazkur Ofertaning 12-bo‘limi talablari asosida qayta ishlaydi va saqlaydi;
-       Hamkorlar, texnik ijrochilar va Aksiyani o‘tkazishga jalb qilingan boshqa shaxslar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
-       agar shartnomada boshqacha holat nazarda tutilgan bo‘lmasa, Hamkorlar nomidan va ularning topshirig‘iga binoan sovrinlarni topshirish dalolatnomalarini rasmiylashtiradi va imzolaydi.
2.3. Ijrochi Aksiyani tashkil qilishda boshqa shaxslar xizmatidan foydalanish huquqiga ega, lekin har qanday holatda ham Aksiya qoidalariga rioya qilinishi va Ishtirokchilar huquqlari buzilmasligi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
 
3. AKSIYANI O‘TKAZISH MUDDATLARI
3.1. Aksiyaning umumiy o‘tkazilish davri: 2026-yil 8-iyundan 2026-yil 18-iyulgacha (shu jumladan).
3.2. Yutuqli o‘yinda ishtirok etish huquqini beruvchi xaridlar amalga oshiriladigan davr (Ishtirokchilar bazasini shakllantirish davri): 2026-yil 8-iyun soat 00:00:00 dan 2026-yil 18-iyul soat 00:00:00 gacha (Toshkent vaqti bilan).
3.3. Aksiya G‘oliblarini aniqlash har ikki haftada bir marta, Ijrochining rasmiy Telegram-kanalidagi jonli efirda, tanlovning mustaqilligi, shaffofligi va xolisligini ta’minlaydigan dasturiy ta’minot (tasodifiy sonlar generatori / randomayzer) yordamida amalga oshiriladi.
Yutuqli o‘yinlar quyidagi sana va vaqtlarda o‘tkaziladi:
- 27.06.2026-yil, soat 15:00 da,
- 11.07.2026-yil, soat 15:00 da,
-        25.07.2026-yil,         soat        15:00        da.
3.3.1. Yutuqli o‘yin natijalarini qayd etish hamda jarayonning ochiqligini tasdiqlash maqsadida jonli efirni foto va videotasvirga tushirish majburiy hisoblanadi. Materiallar Ijrochi tomonidan kamida 90 (to‘qson) kalendar kuni mobaynida saqlanishi shart.
3.3.2. Har bir efir yakunlari bo‘yicha Ijrochi quyidagilarni shakllantiradi:
-       tegishli ikki haftalik davr uchun asosiy Gʻoliblar roʻyxati,
-       mazkur Ofertaning 10-bo‘limiga muvofiq, asosiy G‘olibga sovrinni topshirish imkoni bo‘lmagan taqdirda foydalaniladigan zaxira G‘oliblar ro‘yxati.
3.3.3. Zaxira G‘oliblar soni va sovrinni olish huquqi o‘tish tartibi Ijrochi tomonidan har bir yutuqli o‘yin uchun alohida belgilanadi.
3.4. G‘oliblarga sovrinlarni topshirish Ijrochi tomonidan har bir yutuqli o‘yindan keyin 7 (yetti) kalendar kuni ichida amalga oshiriladi. Sovrinlar mazkur Ofertaning 10-bo‘limida belgilangan tartibda shaxsan G‘olibning o‘ziga topshiriladi.
3.4.1. Asosiy G‘olibga sovrinni topshirish imkoniyati mavjud bo‘lmagan hollarda (aloqa o‘rnatilmaganda, voz kechilganda, hujjatlar topshirilmaganda va h.k.), Ijrochi sovrinni tegishli o‘yin sanasi bo‘yicha navbatdagi zaxira Ishtirokchisiga beradi.
3.5. Ushbu Ofertada ko‘rsatilgan barcha sanalar va vaqt muddatlari O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri vaqti bo‘yicha belgilanadi.
3.6. Ijrochi quyidagi huquqlarga ega:
-       Aksiya o‘tkazilish muddatlarini uzaytirish yoki qisqartirish;
-       sovrinlar o‘yini yoki ularni topshirish sanalarini ko‘chirish;
-       o‘z xohish-irodasiga bog‘liq bo‘lmagan holatlar (fors-major, texnik nosozliklar, qonunchilikdagi o‘zgarishlar va h.k.) yuzaga kelgan taqdirda, Aksiyani muddatidan oldin yakunlash.
bunda tegishli bildirishnoma bunday qaror qabul qilingan sanadan boshlab 3 (uch) ish kunidan kechiktirmasdan rasmiy saytda e’lon qilinishi shart.

4. HUDUD VA AXBOROT BERISH TARTIBI
4.1. Aksiya O‘zbekiston Respublikasi hududidagi OLMA savdo-chakana tarmog‘ining aksiya o‘tkazilish davrida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha do‘konlarida (keyingi o‘rinlarda – «Savdo nuqtalari») o‘tkaziladi.
4.2. Ishtirokchilarni Aksiyaning shartlari, muddatlari, ishtirok etish tartibi va natijalari haqida xabardor qilish faqatgina Ijrochining rasmiy axborot kanallari orqali amalga oshiriladi, jumladan:
-       https://olmamarket.uz rasmiy sayti;
-       Ijrochining Telegram’dagi rasmiy sahifasi/boti;
-       bevosita Savdo nuqtalarida joylashtirilgan reklama-axborot materiallari;
-       Ijrochi tomonidan o‘z xohishiga ko‘ra belgilangan boshqa manbalar.
4.3. Aksiya shartlarini talqin qilish maqsadida yuridik kuchga ega bo‘lgan yagona rasmiy manba — https://olmamarket.uz saytida joylashtirilgan ushbu Oferta matnidir.
Reklama, bosma, media yoki boshqa materiallarda e’lon qilingan ma’lumotlar ushbu Oferta matnidan farq qilgan taqdirda, saytda e’lon qilingan Ofertaning oxirgi amaldagi tahriri ustuvorlikka ega bo‘ladi.
4.4. Ijrochi Aksiya shartlari, muddatlari, hududi va o‘tkazilish tartibiga o‘zgartirishlar kiritishga, shuningdek, obyektiv holatlar sababli, jumladan, quyida keltirilgan holatlar bilan cheklanmagan holda, Aksiyani o‘tkazishni to‘liq yoki qisman to‘xtatib turish yoki muddatidan oldin tugatishga haqli:
-       dasturiy ta’minot, kassa tizimlari yoki tarmoq infratuzilmasi ishidagi texnik nosozliklar va xatoliklar;
-       qonunchilik talablarining o‘zgarishi, Aksiyani o‘tkazishga ta’sir qiluvchi normativ-huquqiy hujjatlarning kuchga kirishi;
-       Aksiyani davom ettirishga to‘sqinlik qiluvchi yengib bo‘lmas kuch holatlari (fors-major);
-       Ishtirokchilar tomonidan qonunbuzarliklar, suiiste’mol qilish holatlari yoki firibgarlik harakatlarining oldini olish zarurati.
Aksiyaga kiritilgan barcha o‘zgartirishlar hamda uni to‘xtatib turish yoki tugatish to‘g‘risidagi bildirishnomalar ular tasdiqlangan sanadan boshlab 3 (uch) ish kunidan kechiktirilmay Ijrochining rasmiy https://olmamarket.uz saytida e’lon qilinadi.
O‘zgartirishlar, agar xabarnomada boshqa muddat belgilanmagan bo‘lsa, e’lon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi.
Bunda kiritilgan o‘zgartirishlar ular e’lon qilingan paytga qadar Aksiya talablarini bajarib bo‘lgan shaxslar uchun ishtirok etish shartlarini yomonlashtirmasligi kerak.
4.5. Ijrochi, Hamkorlar va OLMA savdo tarmog‘i, ushbu Oferta yoki O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno bo‘lib, Ishtirokchilar bilan Aksiyada ishtirok etish masalalari bo‘yicha yakka tartibda yozishmalar, telefon so‘zlashuvlari yoki boshqa shaxsiy muloqotlar olib borishga majbur emaslar.
Bunda Ijrochi faqatgina G‘oliblarni yutuqli o‘yin natijalari va sovrinlarni olish tartibi to‘g‘risida xabardor qilish maqsadida, ushbu Ofertaning 9-bo‘limida belgilangan tartibda yakka tartibdagi xabarnomalarni yuborishga haqli.
4.6. Aksiya Ishtirokchilari rasmiy saytda e’lon qilingan Aksiyaning amaldagi shartlari va o‘zgartirishlari bilan o‘z vaqtida tanishib borish uchun mustaqil ravishda javobgarlikni zimmalariga oladilar.
Ishtirokchilar saytni tekshirmaganliklari, texnik nosozliklar yoki blokirovkalar tufayli o‘zgarishlardan bexabar qolganliklari, ularni Aksiya qoidalarining oxirgi tahririga amal qilish majburiyatidan ozod etmaydi.
                                  
5. AKSIYA MAHSULOTI
5.1. Aksiya O‘zbekiston Respublikasi hududidagi OLMA chakana savdo tarmog‘ida taqdim etilgan hamda Aksiyaning axborot materiallarida ko‘rsatilgan Hamkorlarning tovar belgilari ostida sotiladigan muayyan tovarlar guruhiga (bundan buyon matnda – «Aksiya mahsuloti») nisbatan o‘tkaziladi.
Quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan tovarlar, shuningdek, xuddi shu tovar belgilari ostida ishlab chiqariladigan va Aksiya o‘tkazilish davrida OLMA tarmog‘ining savdo shoxobchalarida haqiqatda sotuvda bo‘lgan assortimentning boshqa variantlari (turlari, hajmlari) gina Aksiya mahsuloti deb tan olinadi.
Aksiyada ishtirok etuvchi Hamkorlar mahsulotlarining tegishli tovar belgilari ro‘yxati:

Торговая марка/товарный знак

ПРОДУКЦИЯ

Adrenaline Rush

Напиток "Adrenaline Rush" энергетический ж/б, 250 мл

Напиток "Adrenaline Rush" энергетический ж/б, 449 мл

Напиток "Adrenaline Rush" энергетический манго ж/б, 449 мл

Lipton

Напиток "Lipton" зеленый лимон, 0.5л

Напиток "Lipton" зеленый лимон, 1,5л

Напиток "Lipton" зеленый лимон, 1л

Напиток "Lipton" зеленый персик, 0,5л

Напиток "Lipton" зеленый персик, 1л

Напиток "Lipton" черная малина 1,5л

Напиток "Lipton" черная малина, 0.5л

Напиток "Lipton" чёрная малина, 1л

Напиток "Lipton" черный манго и экзотические фрукты, 0.5л

Напиток "Lipton" черный манго и экзотические фрукты, 1л

Напиток "Lipton" чёрный персик, 1л

Mirinda

Напиток "Mirinda" , 1.5 л

Mountain Dew

Напиток "Mountain Dew" , 0,5 л.

Напиток "Mountain Dew" , 1 л

Pepsi

Напиток "Pepsi" , 0,5 л

Напиток "Pepsi" , 1.0 л

Напиток "Pepsi" , 1.75 л

Напиток "Pepsi" , 2,25 л

Напиток "Pepsi" , zero sugar 0,5 л

Напиток "Pepsi" , zero sugar 1.5 л

Напиток "Pepsi" c/б 250мл

Напиток "Pepsi" ж/б, 250мл

Напиток "Pepsi" ж/б, 449мл

Rockstar

Напиток "Rockstar" энергетический гуава ж/б, 449мл

Напиток "Rockstar" энергетический ж/б, 449мл

Напиток "Rockstar" энергетический персик ж/б, 449 мл

Sting

Напиток "Sting" энергетический PET, 300 мл

SNICKERS

Батончик "SNICKERS" шоколадный Super, 80гр

Батончик "SNICKERS" шоколадный, 50.5гр

Aksiyada ishtirok etayotgan tovarlarning amaldagi turi (assortimenti) mahsulot keltirilishiga, muayyan savdo nuqtalarida uning bor-yoʻqligiga, tovarlarning almashtirilishiga hamda boshqa ichki ish yuritish sharoitlariga qarab oʻzgarishi mumkin.
Ijrochi Aksiya muddati davomida ishtirok etish shartlarini yomonlashtirmasdan, Hamkorlar, tovar belgilari hamda Aksiya mahsulotlari toifalari ro‘yxatiga aniqlik kiritish yoki qo‘shimchalar kiritish huquqiga ega.
Ro‘yxatning amaldagi tahriri Ijrochining rasmiy saytida e’lon qilinadi.
5.2. Aksiya faqatgina OLMA tarmog‘ining Aksiyada ishtirok etayotgan Savdo shoxobchalaridan ushbu Ofertaning 3.2-bandida belgilangan muddatlar ichida sotib olingan asl tovarlarga nisbatan tatbiq etiladi.
5.3. Aksiya mahsuloti savdo qoidalariga toʻliq muvofiq ravishda sotib olingan boʻlishi va OLMA tarmogʻining istalgan savdo shoxobchasining kassa apparati tomonidan berilgan davlat namunasidagi fiskal chek bilan tasdiqlanishi lozim. Boshqa shaxslar tomonidan berilgan yoki Hamkorning mahsuloti haqida maʼlumotga ega boʻlmagan cheklar Aktsiyada ishtirok etishga qoʻyilmaydi.
5.4. Muayyan Savdo shoxobchalarida Aksiya mahsulotining ayrim turlari sotuvda yo‘qligi, assortiment yoki yetkazib berish hajmining o‘zgarganligi Ijrochi yoki Hamkorlarga nisbatan da’vo qilish uchun asos bo‘lmaydi hamda ularning zimmasiga Aksiya mahsulotining mavjudligini ta’minlash bo‘yicha majburiyatlar yuklamaydi.

6. AKSIYA ISHTIROKCHILARI
6.1. Aksiyada qatnashishga 18 yoshga to‘lgan, muomala layoqatiga ega bo‘lgan hamda quyidagi maqomga ega jismoniy shaxslar qo‘yiladi:
-       O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari;
-       O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yoki vaqtincha yashovchi hamda amaldagi shaxsni tasdiqlovchi hujjatga yoxud yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar.
6.2. Quyidagilarning ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi:
-       Ijrochi, Hamkorlar, ularning sho‘ba va nazorati ostidagi (qaram) kompaniyalari xodimlari;
-       Aksiyani tayyorlash, o‘tkazish, ma’murlashtirish hamda unga texnik xizmat ko‘rsatishga jalb etilgan shaxslar;
-       yuqorida qayd etilgan shaxslarning yaqin qarindoshlari (ota-onalari, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalari hamda opa-singillari, er-xotinlar, farzandlar, shu jumladan farzandlikka olinganlar, bobolar, buvilar, nabiralar, shuningdek, er-xotinlarning ota-onalari, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalari hamda opa-singillari);
-       Ijrochi yoki Hamkorlarning topshirig‘iga binoan, nomidan yoxud manfaatlarini ko‘zlab harakat qiluvchi uchinchi shaxslarning vakillari.
6.3. Ijrochi Ishtirokchidan Aksiya shartlariga muvofiqligini tasdiqlash uchun tegishli hujjatlarni, shu jumladan shaxsiy guvohnomasini talab qilish huquqiga ega.
6.4. Ijrochi qonunbuzarliklar, hujjatlarni qalbakilashtirish, noto‘g‘ri ma’lumotlar, yutuqli o‘yin tizimini manipulyatsiya qilish (g‘irromlik qilish) urinishlari yoki ishtirok etish halolligini buzuvchi boshqa harakatlar aniqlangan taqdirda, ishtirokni bekor qilish yoki sovrinni berishni rad etish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
6.5. Aksiyada ishtirok etish ixtiyoriy bo‘lib, ishtirok etganlik uchun qo‘shimcha haq olinmaydi (mahsulot qiymatini to‘lash bundan mustasno).
Aksiyada ishtirok etish orqali Ishtirokchi ushbu Oferta shartlari bilan to‘liq tanishganligi va ularga rozi ekanligini, ishtirok etish tartibini tushunishini tasdiqlaydi, shuningdek, o‘zining shaxsiy ma’lumotlariga ushbu Ofertaning 12-bo‘limida belgilangan hajm va maqsadlarda ishlov berilishiga rozilik beradi.
6.6. Aksiyada ishtirok etish Ijrochi va Hamkorlar uchun Ishtirokchi oldida ushbu Ofertada to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarda tutilganlardan tashqari hech qanday majburiyat keltirib chiqarmaydi.
 
7. SOVRIN JAMG‘ARMASI
7.1. Aksiya mukofotlar jamgʻarmasi Hamkorlarning tashabbusi va mablagʻlari hisobidan, shuningdek, Ijrochining mablagʻlari hamda resurslari hisobidan shakllantiriladi. Mukofotlar Gʻoliblarga bepul asosda taqdim etiladi. Hamkorlar tomonidan natura shaklida taqdim etiladigan mukofotlar, ularga nisbatan mulk huquqi Ijrochiga oʻtmagan holda, Ijrochiga faqatgina Aksiyani boshqarish (maʼmuriyatchilik qilish) va bevosita Gʻoliblarga topshirish maqsadlari uchun beriladi.
7.2. Sovrinlarga egalik (mulk) huquqi mazkur Oferta shartlariga muvofiq g‘oliblarga amalda topshirilgunga qadar tegishli Hamkorlar tasarrufida qoladi.
7.3. Aksiyada ishtirok etuvchi sovrinlar ro‘yxati:

Наименование приза/Sovrin nomi

Кол-во (шт.)/ Soni (dona)

Собственник/Mulkdor

1

PS5

18

ИП ООО «XALQ RETAIL»/ «XALQ RETAIL» MChJ XK

2

Оригинальных футбольных мячей с собственноручными подписями футболистов/ Futbolchilarning dastxatlari tushirilgan original futbol toʻplari

20

ООО «CRONOS GROUP» /«CRONOS GROUP» MChJ

3

Брендированных футболок с подписями игроков национальной сборной/ Milliy terma jamoa oʻyinchilarining dastxatlari tushirilgan brendlangan futbolkalar

20

4

Смартфон iPhone 17 Pro

1

5

Смартфон iPhone 17

6

6

Настольные футбольные игры/ Stol futboli oʻyinlari

10

7.4. Aksiyaning reklama yoki axborot materiallarida taqdim etilgan sovrinlarning tashqi ko‘rinishi, rangi, jamlanmasi (komplektatsiyasi) va texnik xususiyatlari ularning haqiqiy holatidan farq qilishi mumkin, biroq bu ularning iste’mol xossalarini yomonlashtirmaydi.
7.5. Ijrochi mustaqil ravishda (Ijrochi tomonidan xarid qilinadigan sovrinlarga nisbatan), shuningdek, Hamkorlar bilan kelishilgan holda (Hamkorlar tomonidan taqdim etiladigan sovrinlarga nisbatan) Aksiya sovrinlar jamgʻarmasining tarkibi, xususiyatlari va soniga oʻzgartirishlar kiritishga haqli. Shu jumladan, Ishtirokchilarni oldindan ogohlantirmasdan, ayrim sovrinlarni qiymati, texnik xususiyatlari va funksional maqsadiga koʻra oʻxshash boʻlgan boshqa sovrinlarga almashtirishga yoʻl qoʻyiladi..
7.6. Sovrin jamg‘armasiga kiritilgan o‘zgartirishlar haqidagi axborot, mazkur o‘zgartirishlar tasdiqlangan kundan e’tiboran 3 (uch) ish kuni davomida Ijrochining rasmiy veb-saytida joylashtirilishi shart.
7.7. Barcha sovrinlar yangi, foydalanishga yaroqli bo‘lib, ularga (mavjud bo‘lgan taqdirda) Hamkorlar tomonidan taqdim etilgan zaruriy hujjatlar – yo‘riqnomalar, kafolat talonlari, muvofiqlik sertifikatlari va boshqa hujjatlar ilova qilinadi.
7.8. Sovrinlarning sifati, butligi, sozligi, kafolatli xizmat koʻrsatilishi va boshqa isteʼmol xususiyatlari uchun javobgarlik ularning ishlab chiqaruvchilari (rasmiy servis markazlari) yoki tegishli Hamkorlar zimmasidadir. Ijrochi ishlab chiqaruvchi, kafolat beruvchi yoki xizmat koʻrsatuvchi taraf hisoblanmaydi hamda sovrinlar Gʻoliblarga topshirilgandan keyin ularning ekspluatatsiya (foydalanish) xususiyatlari uchun javobgarlikni zimmasiga olmaydi.
7.9. Aksiya Ishtirokchisi o‘z nomiga ro‘yxatga olingan fiskal cheklar miqdoridan qat’i nazar, butun Aksiya davomida ko‘pi bilan 1 (bitta) dona sovrin olish huquqiga ega.
7.10. Sovrinlarni almashtirish, qaytarish, uchinchi shaxslarga o‘tkazish, ularni pul ekvivalentiga almashtirish, ular uchun pul kompensatsiyasi to‘lash yoki boshqa ko‘rinishda haq (mukofot) berishga yo‘l qo‘yilmaydi.

8. AKSIYADA ISHTIROK ETISH SHARTLARI
8.1. Aksiyada ishtirok etish uchun Ishtirokchi quyidagi harakatlar va shartlarni jamlagan holda (barchasini birgalikda) bajarishi kerak:
8.1.1. Ushbu Ofertaning 3.2-bandida belgilangan davrda OLMA tarmog‘ining istalgan savdo shoxobchasidan bitta fiskal chek bo‘yicha kamida 100 000 (yuz ming) so‘m miqdorida xaridni amalga oshirish.
8.1.2. Fiskal chekda ushbu Ofertaning 5-bo‘limida ko‘rsatilgan Aksiya mahsulotiga tegishli kamida 1 (bitta) dona tovar bo‘lishi kerak.
8.1.3. Aksiyaning POS-materiallarida joylashtirilgan QR-kod orqali Ijrochining rasmiy Telegram-botida ro‘yxatdan o‘tish va quyidagilarni ko‘rsatish:
-       Telegram-akkauntga biriktirilgan telefon raqami;
-       F.I.Sh.;
-       shaxsni aniqlash (identifikatsiya qilish) uchun bot tomonidan so‘ralgan boshqa ma’lumotlar.
8.1.4. Telegram-botga fiskal chekning tekshirish imkonini beruvchi, aniq va sifatli tasvirini (fotosuratini) yuklash.
8.2. Har bir chek Ijrochi tomonidan quyidagilar bo‘yicha majburiy tekshiruvdan o‘tkaziladi:
-       aksiya mahsuloti mavjudligi;
-       xarid summasining muvofiqligi;
-       fiskal ma’lumotlarning to‘g‘riligi;
-       tasvirning o‘qilishi (aniqligi);
-       ilgari taqdim etilgan cheklarning takrorlanmasligi (dublikat emasligi).
8.2.1. Mezonlarga mos kelmaydigan, takroran yuborilgan, xira (o‘qib bo‘lmaydigan), o‘zgartirilgan, dublikat bo‘lgan yoki soxtalashtirilgan cheklar o‘yinda qatnashishga qo‘yilmaydi va ruxsat berilgan Ishtirokchilar bazasiga qo‘shilmaydi.
8.2.2. Chekning ruxsat etilgan Ishtirokchilar bazasiga qo‘shilishi Ishtirokchiga bir marotaba (1) qatnashish huquqini beradi. Ushbu imkoniyat navbatdagi o‘yinda ishtirok etadi va agar ushbu chek yutuqli bo‘lmasa, u o‘z kuchida qolib, Aksiya yakuniga qadar o‘tkaziladigan barcha keyingi o‘yinlarda inobatga olinadi.
Ishtirokchi tomonidan yuboriladigan fiskal cheklar miqdori hamda uning qatnashish imkoniyatlari soni cheklanmaydi.
8.3. Navbatdagi har bir o‘yinni o‘tkazish uchun Ijrochi mazkur Oferta talablariga mos keladigan, o‘z vaqtida ro‘yxatdan o‘tgan va tekshirilgan barcha Ishtirokchilar hamda ularning fiskal cheklarini o‘z ichiga olgan yopiq ruxsat etilgan Ishtirokchilar bazasini tuzadi.
8.3.1. Ruxsat berilgan Ishtirokchilar bazasiga faqatgina quyidagi shartlarni bajargan Ishtirokchilar kiritiladi:
-       Telegram-bot orqali ro‘yxatdan o‘tish jarayonini to‘liq tamomlagan;
-       fiskal chekning yaxshi o‘qiladigan fotosuratini (tasvirini) yuklagan (taqdim etgan);
-       cheklari Ijrochi tomonidan tekshiruvdan muvaffaqiyatli o‘tgan;
-       tegishli yutuqli oʻyin uchun Ijrochi tomonidan belgilangan yakuniy muddatga qadar shartlarni bajargan.
Oxirgi muddat Aksiyaga oid axborot materiallarida belgilanishi yoxud rasmiy Telegram-kanalda ma’lum qilinishi mumkin.
8.3.2. Aksiyada ishtirok etishga ruxsat berilgan har bir fiskal chek o‘z maqomini saqlab qoladi va Ishtirokchiga bitta (1) ishtirok etish imkoniyatini taqdim etadi, ushbu imkoniyat:
-       chek taqdim etilgan kundan keyingi eng yaqin yutuqli o‘yinda hisobga olinadi;
-       hamda chek yutuq keltirmagan taqdirda, uni qaytadan yuborish zaruratisiz, Aksiya yakuniga qadar o‘tkaziladigan barcha keyingi o‘yinlarda qatnashish uchun avtomatik ravishda o‘tkaziladi.
Ayni bir fiskal chek faqat bir marta taqdim etilishi va ishtirok etish uchun ishlatilishi mumkin. Ilgari foydalanilgan va qayta yuklangan cheklar tizim tomonidan avtomatik ravishda rad etiladi hamda hisobga olinmaydi.
Ishtirokchi Aksiya o‘tkazilishining butun muddati davomida qo‘shimcha (yangi) fiskal cheklarni qo‘shib borish va shu orqali o‘zining ishtirok etish imkoniyatlari (shanslari) sonini oshirish huquqiga ega. Cheklar miqdori, shuningdek, Ishtirokchi tomonidan qo‘lga kiritiladigan imkoniyatlar soni cheklanmagan.
8.4. Telegram-botda ro‘yxatdan o‘tish va fiskal chekni yuborish Ishtirokchining ushbu Oferta shartlariga, shu jumladan 12-bo‘limga muvofiq shaxsiy ma’lumotlarga ishlov berish tartibiga to‘liq va so‘zsiz rozi ekanligini anglatadi.
8.5. Agar Ijrochi tomonidan rasmiy axborot kanallarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqa holat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, fiskal chekning asl nusxasini (originalini) taqdim etish talab etilmaydi.
Ishtirok etish shartlarining bajarilganligi Ishtirokchi Telegram-botga yuborgan chek fotosurati hamda Ijrochining ichki hisobga olish tizimi ma’lumotlari, xususan, OLMA savdo tarmog‘ining fiskal registratorlari ko‘rsatkichlari asosida tekshiriladi.
Chek tasviri va ichki tizimlar ma’lumotlari o‘rtasida tafovutlar (nomuvofiqliklar) yuzaga kelgan taqdirda, Ijrochining hisobga olish tizimlari ma’lumotlari ustuvorlikka ega bo‘ladi.
 
9. G‘OLIBLARNI ANIQLASH
9.1. Aksiya G‘oliblarini aniqlash ushbu Ofertaning 3.3-bandida ko‘rsatilgan sana va vaqtlarda o‘tkaziladigan har bir yutuqli o‘yin natijalariga ko‘ra bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Har bir bunday o‘yin Aksiyaning mustaqil bosqichi hisoblanadi va tegishli sanadagi o‘yinda ishtirok etishga ruxsat berilgan Ishtirokchilar o‘rtasida o‘tkaziladi.
9.2. Har bir yutuqli o‘yinni o‘tkazish uchun Ijrochi ruxsat berilgan Ishtirokchilarning yopiq bazasini – tegishli sanadagi o‘yinda ishtirok etishga qo‘yilgan shaxslar ro‘yxatini shakllantiradi. Ro‘yxat (baza) mutloq Ijrochining ixtisoslashtirilgan dasturiy ta’minoti ma’lumotlari, shu jumladan, Ishtirokchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish va fiskal cheklarni yuklash uchun foydalaniladigan Telegram-bot ma’lumotlari asosida (lekin bular bilan cheklanmagan holda) shakllantiriladi.
Ruxsat berilgan Ishtirokchilar bazasiga ushbu Oferta talablarini to‘liq hajmda bajargan Ishtirokchilargina kiritiladi, ya’ni:
-       Telegram-botda telefon raqami va so‘ralgan barcha boshqa identifikatsiya ma’lumotlarini ko‘rsatgan holda to‘g‘ri ro‘yxatdan o‘tgan;
-       fiskal chekning xaridni (joyi, sanasi, vaqti, summasi, tovarlar ro‘yxatini) aniq va shubhasiz tarzda aniqlash (identifikatsiya qilish) imkonini beruvchi o‘qiladigan, ishonchli va haqiqiy tasvirini yuklagan);
-       Ijrochi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv yakunida, taqdim etilgan chek tarkibida Aksiya mahsuloti hisoblangan tovarlardan kamida 1 (bitta) dona xarid qilinganligi tasdiqlangan;
-       Ijrochining ichki hisob tizimlari ma’lumotlariga ko‘ra, chekning to‘g‘riligi, haqiqiyligi va unikal ekanligi bo‘yicha qo‘shimcha avtomatlashtirilgan va/yoki qo‘lda o‘tkazilgan tekshiruvdan muvaffaqiyatli o‘tgan.
Quyidagilar bazaga qo‘shilmaydi va o‘yinda qatnashishga qo‘yilmaydi:
-       biron-bir mezon bo‘yicha tekshiruvdan o‘tmagan arizalar (cheklar);
-       xira (o‘qib bo‘lmaydigan), qirqilgan, xaridni aniq belgilashga imkon bermaydigan yoki montaj/o‘zgartirish belgilari bo‘lgan chek tasvirlari;
-       takroriy cheklar (Ishtirokchining o‘zi yoki boshqa shaxs tomonidan qayta taqdim etilgan cheklar);
-       tarkibida Aksiya mahsulotlariga kiruvchi tovarlar bo‘lmagan cheklar;
-       ushbu Ofertaning 3.2-bandida ko‘rsatilgan muddatlardan tashqari (boshqa vaqtda) rasmiylashtirilgan cheklar;
-       alomatlari qalbaki ekanligidan, ichki ma’lumotlarga aralashilganidan yoki fiskal ma’lumotlar manipulyatsiya qilinganidan (g‘irromlik bilan o‘zgartirilganidan) dalolat beruvchi cheklar.
Ijrochi cheklar va Ishtirokchilar ma’lumotlarini tekshirish usullari, chuqurligi, hajmi hamda davriyligini, shu jumladan fiskal registratorlar, ichki savdo hisobotlari, takrorlanishni (dublikatlarni) aniqlash tizimlari yoki boshqa nazorat vositalari bilan solishtirishni mustaqil ravishda belgilashga haqli.
9.3. Har bir yutuqli oʻyinda Gʻoliblarni aniqlash natijaning xolisligi, tasodifiyligi va mustaqilligini kafolatlaydigan, shuningdek, tanlov jarayoniga insonning maqsadli aralashishi imkoniyatini istisno etadigan dasturiy taʼminot (tasodifiy sonlar generatori / randomayzer) yordamida tegishli davrdagi saralangan Ishtirokchilar bazasidan tasodifiy tanlash yoʻli bilan amalga oshiriladi.
9.4. Yutuqli oʻyin Ijrochining rasmiy Telegram-kanalida toʻgʻridan-toʻgʻri efirda, ushbu Ofert hisoblangan 3.3-bandida belgilangan tartibda oʻtkaziladi. Ijrochi yutuqli oʻyinning shaffofligi va nufuzini taʼminlash uchun boshlovchi, moderator, Hamkorlar vakillari va boshqa shaxslarni qoʻshimcha ravishda jalb qilishga haqli, bunda ushbu shaxslar Gʻoliblarni aniqlovchi dasturiy taʼminot ishiga aralashishga haqli emaslar.
9.5. Har bir yutuqli oʻyin yakunlariga koʻra, Ijrochi ikkita roʻyxatni shakllantiradi:
-       sovrinlar topshiriladigan asosiy Gʻoliblar roʻyxati;
-       asosiy Gʻoliblarga sovrinlarni topshirish imkoni boʻlmagan taqdirda, sovrinlarni olish huquqiga ega boʻladigan zaxira Gʻoliblari roʻyxati.
Zaxira Gʻoliblarining soni, shuningdek, sovrinni olish huquqining asosiy Gʻolibdan zaxira Gʻolibiga oʻtish tartibi va navbati sovrinlar soni hamda muayyan yutuqli oʻyinning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda Ijrochi tomonidan belgilanadi. Zaxira Gʻoliblarining roʻyxati ommaga oshkor qilinmaydi.
9.6. Ijrochi asosiy Gʻoliblarni ushbu Ofertning 10-boʻlimida belgilangan muddatda, Telegram-botda roʻyxatdan oʻtish amalga oshirilgan telefon raqami orqali xabardor qiladi. Agar:
-       Gʻolib bilan xabardor qilish boʻyicha birinchi urinish amalga oshirilgan vaqtdan boshlab 72 (yetmish ikki) soat ichida bogʻlanishning imkoni boʻlmasa,
-       va/yoki– Gʻolib ushbu Ofertning 10-boʻlimida nazarda tutilgan hujjatlar va maʼlumotlarni belgilangan muddatlarda taqdim etmasa, va/yoki
-       Gʻolib ushbu Ofert talablarini boshqacha tarzda bajarmasa,
sovrinni olish huquqi yoʻqoladi va tegishli sovrin Ijrochi tomonidan belgilangan navbat tartibida oʻsha yutuqli oʻyinga tegishli boʻlgan zaxira Gʻolibiga topshiriladi.
9.7. Ijrochi quyidagilar uchun javobgarlikni zimmasiga olmaydi:
-       Ishtirokchining notoʻgʻri koʻrsatilgan, eskirgan yoki haqiqiy boʻlmagan aloqa maʼlumotlari;
-       telefon raqamining yoki Telegramdagi akkauntning bloklanishi, Ishtirokchi tomonidan bogʻlanish imkoniyatini cheklovchi maxfiylik sozlamalarining oʻzgartirilishi;
-       Gʻolibni xabardor qilishga toʻsqinlik qiluvchi mobil aloqa, messenjerlar va internet ishidagi uzilishlar yoki boshqa texnik holatlar.
Aloqa maʼlumotlarining toʻgʻriligi, amalda ekanligi va ulardan foydalanish imkoniyati mavjudligini taʼminlash majburiyati toʻliq Ishtirokchining zimmasiga tushadi.
9.8. Har bir yutuqli oʻyin natijalari quyidagi vositalar orqali eʼlon qilinishi shart:
-       Ijrochining rasmiy veb-saytida va/yoki;
-       rasmiy Telegram-kanali va/yoki botida.
Natijalar Ijrochining rasmiy resurslarida eʼlon qilinishi barcha Ishtirokchilarni yutuqli oʻyin va umuman Aksiya natijalari toʻgʻrisida tegishli ravishda va yetarli darajada xabardor qilish hisoblanadi.
9.9. Ijrochining har bir yutuqli oʻyin yakunlari, Gʻoliblar va zaxira Gʻoliblarini aniqlash, shuningdek, sovrinlarni taqsimlash toʻgʻrisidagi qarorlari yakuniy hisoblanadi hamda qayta koʻrib chiqilmaydi yoki ularning ustidan shikoyat qilinishi mumkin emas.
Ijrochi quyidagilar aniqlangan taqdirda, har qanday Ishtirokchining ishtirok etish natijalarini bekor qilish va sovrinni berishni rad etish huquqini oʻzida saqlab qoladi:
-       koʻrsatilgan maʼlumotlarning notoʻgʻriligi (haqiqiy emasligi);
-       Ishtirokchi tomonidan ushbu Ofert shartlarining buzilishi;
-       cheklarning, chek tasvirlarining
yoki fiskal maʼlumotlarning qalbakilashtirilishi;
-       firgarlik, huquqni suiisteʼmol qilish yoki yutuqli oʻyin natijalariga taʼsir koʻrsatishga urinish belgilariga ega boʻlgan boshqa harakatlar.
9.10. Barcha elektron jurnallar, Telegram-bot va boshqa dasturiy taʼminotlardan yuklab olingan maʼlumotlar, toʻgʻridan-toʻgʻri efir yozuvlari, skrinshotlar, shuningdek, yutuqli oʻyinlarning borishi va yakunlarini qayd etuvchi dalolatnomalar va/yoki bayonnomalar Ijrochida saqlanadi hamda belgilangan tartibda vakolatli organlarning soʻroviga binoan taqdim etilishi mumkin. Bunday materiallar Ijrochi tomonidan Gʻoliblarni aniqlash tartib-taomiliga rioya etilganligining tegishli dalillari hisoblanadi.

10. SOVRINLARNI OLISH

10.1. Tegishli yutuqli oʻyin oʻtkazilgandan soʻng, Ijrochi Aksiya Gʻolibini (bundan buyon matnda – „Gʻolib“) Telegram-botda roʻyxatdan oʻtishda foydalanilgan telefon raqamiga qoʻngʻiroq qilish orqali xabardor qiladi.

Xabarnomada quyidagilar maʼlum qilinadi:

-       sovrinni topshirish sanasi, vaqti va joyi;

-       Gʻolibning shaxsini tasdiqlashi va hujjatlarni imzolashi uchun zarur boʻlgan hujjatlar roʻyxati;

-       topshirishni tashkil etish uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlar.

10.2. Sovrin amalda topshirilayotgan paytda Gʻolib Ijrochiga quyidagilarni taqdim etishi shart:

10.2.1. shaxsni tasdiqlovchi hujjat: pasport / ID-karta; chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun: yashash guvohnomasining nusxasi / pasport, JSHSHIR;

10.2.2. Ijrochi tomonidan belgilangan shakldagi Shaxsga doir maʼlumotlarni qayta ishlashga rozilik xati;

10.2.3. imzolangan Sovrinni topshirish dalolatnomasi;

10.2.4. ushbu Ofert qoidalarini bajarish uchun Ijrochiga asosli ravishda zarur boʻlgan boshqa hujjatlar va maʼlumotlar. Bunday hujjatlar roʻyxati sovrinni topshirishdagi muayyan holatlardan kelib chiqib Ijrochi tomonidan belgilanadi va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid boʻlmasligi kerak.

10.3. Sovrinlar Gʻolibga faqat shaxsan oʻziga, Ijrochi tomonidan belgilangan joyda va muddatlarda beriladi.

Sovrinni boshqa shaxsga topshirishga faqat bir vaqtning oʻzida quyidagilar mavjud boʻlgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi:

-       sovrinni olish uchun notarial tartibda tasdiqlangan ishonchnoma;

-       vakilning shaxsini tasdiqlovchi hujjat;

-       Ijrochining aniq shaklda bildirilgan oldindan roziligi.

Agar vakolatlar, ishonchnomaning haqiqiyligi, taqdim etilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligiga shubha tugʻilsa yoki firgarlik yoxud huquqni suiisteʼmol qilish xavfini koʻrsatuvchi holatlar yuzaga kelsa, Ijrochi har qanday uchinchi shaxsga sovrinni berishni rad etish huquqini oʻzida saqlab qoladi.

Yuqorida koʻrsatilgan shartlar bajarilmasdan uchinchi shaxs tomonidan sovrinning qabul qilinishi qatʼiyan man etiladi va haqiqiy emas deb topiladi.

10.4. Gʻolib Ijrochi tomonidan birinchi marta xabardor qilingan vaqtdan boshlab 7 (yetti) kalendar kuni ichida sovrinni olish uchun kelishi shart.

10.4.1. Xabarnomada Ijrochi Gʻolibga sovrinni topshirish sanasi, vaqti va joyini, shuningdek, shaxsni tasdiqlash hamda sovrinni topshirish jarayonini rasmiylashtirish uchun zarur boʻlgan hujjatlar roʻyxatini maʼlum qiladi.

10.4.2. Gʻolibning asoslantirilgan murojaatiga koʻra (kasallik, xizmat safari, boshqa uzrli holatlar), Ijrochi kelish muddatini bir marta, lekin koʻpi bilan 7 (yetti) kalendar kuniga uzaytirishi mumkin. Uzrli sabablar boʻlmagan taqdirda, muddat uzaytirilmaydi.

10.5. Sovrin quyidagi hollarda egasiz qolgan deb hisoblanadi, agar Gʻolib:

-       xabardor qilish boʻyicha birinchi urinish amalga oshirilgan vaqtdan boshlab 72 (yetmish ikki) soat ichida Ijrochining murojaatiga javob bermasa;

-       belgilangan muddatda sovrinni olish uchun kelmasa;

-       sovrinni olishdan voz kechsa;

-       oʻz shaxsini tasdiqlay olmasa;

-       talab qilinadigan hujjatlarni imzolashdan voz kechsa;

-       notoʻgʻri (haqiqiy boʻlmagan) maʼlumotlarni taqdim etsa;

-       ushbu Ofert shartlarini buzsa yoki sovrinni topshirishga boshqacha tarzda toʻsqinlik qilsa.

Talab qilib olinmagan sovrin ushbu Ofertning 9-boʻlimida belgilangan tartibda zaxira Gʻolibiga topshiriladi.

Agar zaxira Gʻoliblari ham sovrinni olish shartlariga rioya qilmasalar, sovrin Hamkorga qaytarilishi yoki Ijrochining ichki tartib-taomillariga muvofiq boshqa marketing maqsadlarida foydalanilishi mumkin.

10.6. Ijrochining sovrinni topshirish boʻyicha majburiyatlari quyida nazarda tutilgan barcha hujjatlar Gʻolib tomonidan imzolangan vaqtdan boshlab toʻliq bajarilgan deb hisoblanadi:

-       Sovrinni topshirish dalolatnomasi,

-       Shaxsga doir maʼlumotlarni qayta ishlashga rozilik xati,

-       ushbu Ofertda nazarda tutilgan boshqa hujjatlar.

10.6.1. Gʻolib tomonidan koʻrsatilgan hujjatlarning imzolanishi quyidagilarni tasdiqlaydi:

-       sovrinning soz holatda, toʻliq butlangan (komplektlangan) holda va seriya raqami qayd etilgan tarzda qabul qilib olinganligini;

-       Gʻolibning Ijrochiga nisbatan hech qanday eʼtirozlari yoʻqligini;

-       taqdim etilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi va toʻliqligini;

-       sovrinni olish va uni qabul qilish boʻyicha barcha harakatlarni amalga oshirish ixtiyoriy ekanligini.

10.6.2. Sovrinni topshirish dalolatnomasi imzolangan vaqtdan boshlab sovrinning saqlanishi, ekspluatatsiya qilinishi, holati, undan foydalanish xavfsizligi va unga keyingi xizmat koʻrsatish uchun javobgarlik toʻliq Gʻolibning zimmasiga oʻtadi.

Ijrochi sovrin topshirilgandan keyin yuzaga kelgan yoʻqotish, shikastlanish, buzilish, oʻgʻrilik yoki nuqsonlar (defektlar) uchun javobgarlikni o’z zimmasiga olmaydi.

10.7. Ijrochi sotuvchi, yetkazib beruvchi, ishlab chiqaruvchi yoki kafolat beruvchi tomon hisoblanmaydi hamda sovrinning sifati, butlanganligi (komplektatsiyasi), texnik xususiyatlari va undan keyingi ekspluatatsiya qilinishi uchun javobgarlikni o’z zimmasiga olmaydi.

Quyidagilar bilan bogʻliq barcha masalalarni:

-       kafolatli xizmat koʻrsatish;

-       taʼmirlash;

-       ekspluatatsiya qilish;

-       zavod brakki (nuqsoni), kamchiliklar yoki nosozliklar,

Gʻolib barcha masalalarni bevosita tovarning rasmiy ishlab chiqaruvchisi (servis markazi) bilan yoxud (tegishli Hamkor tomonidan taqdim etilgan sovrinlarga nisbatan) ushbu Hamkor bilan, ular tomonidan taqdim etilgan kafolat shartlariga muvofiq hal qiladi.

10.8. Ijrochi quyidagi hollarda Gʻolibga sovrinni berishni rad etishga haqli:

-       Ofertning 8 va 9-boʻlimlari shartlari buzilganligi aniqlanganda;

-       notoʻgʻri yoki qalbaki hujjatlar taqdim etilganda;

-       Gʻolibning shaxsi Telegram-botdagi maʼlumotlarga muvofiq kelmasligi aniqlanganda;

-       firibgarlik belgilari yoki Aktsiya natijalariga taʼsir koʻrsatishga urinishlar aniqlanganda.

10.9. Sovrinlarni soliqqa tortish Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda:

Ijrochi mustaqil ravishda sotib oladigan sovrinlarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi budjetiga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini hisoblash, ushlab qolish va oʻtkazish boʻyicha soliq agenti vazifalarini bajaradi;

Tegishli Hamkor (yoki uning vakolatli agenti) ushbu Hamkor tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri natura shaklida taqdim etiladigan sovrinlarga nisbatan soliq agenti vazifalarini bajaradi.

Qonunchilik bilan soliq agentlari zimmasiga yuklatilmagan barcha boshqa soliq majburiyatlarini Gʻolib mustaqil ravishda bajaradi.

11. JAVOBGARLIK, CHEKLOVLAR VA XARAJATLAR

11.1. Ijrochi, Hamkorlar, ularning vakolatli agentlari va OLMA savdo tarmogʻi ushbu Ofertada belgilangan doirada harakat qiladilar va Ishtirokchilar yoki boshqa shaxslar oldida quyidagilar uchun javobgarlikni zimmasiga olmaydilar:

-       Ishtirokchi tomonidan ushbu Ofertada koʻrsatilgan ishtirok etish shartlariga rioya qilinmaganligi;

-       ishtirok etish yoki sovrinni olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar va maʼlumotlarning taqdim etilmaganligi yoki oʻz vaqtida taqdim etilmaganligi;

-       Ishtirokchi tomonidan notoʻgʻri, notoʻliq yoki eskirgan aloqa maʼlumotlari koʻrsatilganligi;

-       Ijrochining nazoratidan tashqari boʻlgan texnik nosozliklar, xatoliklar, aloqadagi uzilishlar, internetga, dasturiy taʼminotga, mobil ilovalarga, veb-saytlarga yoki boshqa raqamli xizmatlarga kirish bilan bogʻliq muammolar;

-       Ijrochiga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra bildirishnomalar, xabarlar, xatlar yoki qoʻngʻiroqlarning yetib bormaganligi;

-       Ishtirokchilar tomonidan Aksiyada ishtirok etish yoki unda ishtirok etish imkoniyati yoʻqligi natijasida koʻrilgan har qanday zararlar (shu jumladan, bilvosita, maʼnaviy yoki reputatsiyaga yetkazilgan zararlar);

-       sovrinlarning Ishtirokchilar kutganlariga muvofiq kelmasligi, shu jumladan, tashqi koʻrinishi, butlanganligi (komplektatsiyasi), rangi, dizayni yoki boshqa xususiyatlarining reklama materiallaridagi tasvirlardan farq qilishi;

-       Gʻoliblar tomonidan sovrinlardan notoʻgʻri foydalanish oqibatlari.

11.2. Aksiya Ishtirokchilari Aksiyada ishtirok etish bilan bogʻliq barcha shaxsiy xarajatlarni oʻz zimmalariga oladilar, shu jumladan, lekin bular bilan cheklanmagan holda:

-       Aksiya mahsulotini sotib olish xarajatlari;

-       aloqa, internet va transport xizmatlari haqi;

-       hujjatlarni tayyorlash, chop etish va yuborish xarajatlari;

-       sovrinlarni olish munosabati bilan yuzaga keladigan soliqlar, yigʻimlar va komissiyalar toʻlovlari.

Bunday xarajatlar Ijrochi, Hamkorlar yoki uchinchi shaxslar tomonidan qoplanmaydi.

11.3. Ijrochi texnik resurslar, jumladan, rasmiy sayt, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar, xabarnoma yuborish servislari va Aksiyani o‘tkazishda foydalaniladigan boshqa vositalarning uzilishlarsiz ishlashiga kafolat bermaydi.

Vaqtinchalik texnik tanaffuslar, profilaktika ishlari, xosting-provayderlar yoki internet-operatorlarning nosozliklari Ijrochi majburiyatlarining buzilishi hisoblanmaydi va Ishtirokchilarga kompensatsiya olish yoki ishtirok etish muddatlarini uzaytirish huquqini bermaydi.

11.4. Sovrinlarni olish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan barcha soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlarni G‘olib mustaqil ravishda to‘laydi.Agar sovrinning xususiyatiga ko‘ra Hamkorda soliq agenti majburiyati yuzaga kelsa, soliq majburiyatlari Hamkor (yoki uning vakolatli agenti) tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida nazarda tutilgan tartibda bajariladi.

11.5. Na Ijrochi, na Hamkorlar va na ularning agentlari yengib bo‘lmas kuch (fors-major) holatlari, jumladan, tabiiy ofatlar, yong‘inlar, suv toshqinlari, zilzilalar, harbiy harakatlar, ommaviy tartibsizliklar, davlat organlarining hujjatlari, energetika va telekommunikatsiya tizimlari ishidagi uzilishlar, epidemiya, karantin choralari, xakerlik hujumlari va majburiyatlarni bajarishga obektiv ravishda to‘sqinlik qiluvchi boshqa holatlar yuzaga kelgan taqdirda, ushbu Ofertaga muvofiq majburiyatlarning to‘liq yoki qisman bajarilmaganligi uchun javobgarlikni zimmasiga olmaydilar.

Bunday holatlar yuzaga kelganligi fakti O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan berilgan guvohnoma (sertifikat) bilan tasdiqlanadi.

12. SHAXSGA DOIR MA’LUMOTLAR VA MAXFIYLIK

12.1. Aksiyada ishtirok etib, Ishtirokchi o‘z shaxsiy ma’lumotlarini Ijrochiga ixtiyoriy hamda anglagan holda taqdim etadi va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi, shu jumladan 2019-yil 2-iyuldagi O‘RQ-547-sonli “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonun talablariga muvofiq, ularni Aksiyani o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan hajmda to‘plash, qayta ishlash, tizimlashtirish, jamlash, saqlash, aniqlashtirish, uzatish (shu jumladan, transchegaraviy uzatish), egasizlantirish va yo‘q qilishga rozilik bildiradi.

12.2. Shaxsiy ma’lumotlar faqat quyidagi maqsadlarda qayta ishlanadi:

-       Aksiya Ishtirokchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish va identifikatsiya qilish;

-       o‘yinlarni o‘tkazish va G‘oliblarni aniqlash;

-       Ishtirokchilar bilan bog‘lanish (xabarnoma yuborish, tasdiqlash, ma’lumotlarni aniqlashtirish);

-       sovrinlarni topshirish va kuzatuv hujjatlarini rasmiylashtirish;

-       buxgalteriya, soliq ва statistika hisobi sohasidagi qonunchilik talablarini bajarish;

-       Aksiya va Hamkorlarning mahsulotlari bilan bog‘liq marketing hamda axborot kommunikatsiyalarini amalga oshirish.

12.3. Ijrochi shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablari va maxfiylik rejimiga rioya qilish sharti bilan, shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashni Aksiyani o‘tkazish uchun jalb etilgan uchinchi shaxslarga (shu jumladan, aloqa operatorlari, pudratchilar, IT-platformalar, reklama agentliklariga) topshirishga haqli.

12.4. Shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlash avtomatlashtirilgan vositalardan foydalangan holda ham, ularsiz ham, jumladan, ma’lumotlarni himoyalangan aloqa kanallari orqali uzatish bilan amalga oshirilishi mumkin.Agar Ijrochining texnik resurslari O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan bo‘lsa, Ishtirokchi ma’lumotlarning tegishli darajada himoya qilinishi ta’minlanishi sharti bilan, ularni transchegaraviy uzatishga, shu jumladan, xorijiy serverlarda saqlashga alohida rozilik beradi.

12.5. Ijrochi shaxsga doir ma’lumotlarning saqlanishini ta’minlaydi, ma’lumotlarga nisbatan qonunga xilof ravishda kirish, ularni o‘zgartirish, bloklash, tarqatish, nusxalash, yo‘q qilish va boshqa qonunga xilof harakatlardan himoya qilish uchun zarur tashkiliy va texnik choralarni ko‘radi.

12.6. Ishtirokchi istalgan vaqtda ushbu Ofertaning 2-bo‘limida ko‘rsatilgan Ijrochining manziliga yozma xabarnoma yuborish orqali shaxsga doir ma’lumotlarini qayta ishlashga bergan roziligini qaytarib olishga haqli.

Xabarnoma olingan paytdan boshlab, Ijrochi ma’lumotlarni qayta ishlashni to‘xtatadi va ularni qonunchilikda belgilangan tartibda yo‘q qiladi. Bunda Aksiyadagi ishtirok etish to‘xtatiladi, sovrinlarni olish huquqlaridan esa mahrum bo‘linadi.

12.7. Ishtirokchilarning shaxsga doir ma’lumotlarini saqlash muddati quyidagilardan iborat:

-       Aksiya o‘tkaziladigan va uning yakunlari chiqariladigan davr;

-       sovrinlarni topshirish va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan e’tirozlarni hal qilish bo‘yicha majburiyatlar to‘liq bajarilgunga qadar;

-       shuningdek, soliq va buxgalteriya qonunchiligi talablarini bajarish uchun zarur bo‘lgan muddat.

Ko‘rsatilgan muddatlar tugagandan so‘ng, ma’lumotlar Ijrochining ichki reglamentlarida belgilangan tartibda yo‘q qilinishi yoki egasizlantirilishi kerak.

12.8. Ishtirokchi Ijrochi va Hamkorlarga va ularning vakolatli agentlariga o‘z tasviri, ismi, familiyasi, intervyusi, fikr-mulohazalari va videomateriallaridan (shu jumladan, sovrinlarni topshirish paytidagi foto va video tasvirga olish materiallaridan) qo‘shimcha mukofot to‘lamasdan hamda tarqatish hududi, muddati va usuli cheklanmagan holda reklama, axborot va PR-materiallarida foydalanishga rozilik beradi, basharti bunday foydalanish asl mazmunini buzib ko‘rsatmasa va Ishtirokchi shaxsining qadr-qimmatiga putur yetkazmasa.

12.9. Shaxsga doir ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga uzatish, tarqatish va boshqa tarzda oshkor qilishga mutlaqo qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda yoki Ishtirokchining yozma roziligi bo‘lgandagina yo‘l qo‘yiladi.

13. BOSHQA SHARTLAR

13.1. Aksiyada ishtirok etish, ushbu Ofertada nazarda tutilgan harakatlarni bajarish Ishtirokchi tomonidan ushbu Ofertaning barcha shartlariga, jumladan ishtirok etish, shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlash, G‘oliblarni aniqlash va sovrinlarni topshirish tartibiga to‘liq, anglangan va so‘zsiz rozilik berilganini anglatadi.

13.2. Ijrochi quyidagi hollarda G‘olibning ishtirokini bekor qilishga, natijalarni haqiqiy emas deb topishga va hech qanday kompensatsiya to‘lamasdan sovrinni berishni rad etishga haqli:

-       noto‘g‘ri, soxta, to‘liq bo‘lmagan yoki chalg‘ituvchi ma’lumotlar taqdim etilganligi aniqlanganda;

-       ishtirok etish shartlariga rioya qilinmaganda yoki ushbu Oferta talablari buzilganda;

-       firbgarlik, cheklarni soxtalashtirish, texnik tizimlar ishiga aralashish, natijalarni manipulyatsiya qilish yoki adolatsiz yo‘l bilan ustunlikka erishishga urinish belgilari aniqlanganda;

-       Aksiyada ishtirok etish uchun bir nechta identifikatsiyadan (akkauntlar, telefon raqamlari ва hokazo) foydalanilganda;

-       Ishtirokchi ishtirok etish, ma’lumotlarni tekshirish yoki sovrinni olish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar hamda roziliklarni taqdim etishni rad etganda.

Yuqorida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lganda, Ijrochi ishtirok etish natijalarini haqiqiy emas deb topish va bekor qilish, sovrinni esa zaxiradagi G‘olibga topshirish huquqiga ega bo‘lib, bunda mazkur insofsiz G‘olib bilan keyinchalik hech qanday yozishmalar olib borilmaydi.

13.3. Ijrochi, Hamkorlar, ularning vakolatli agentlari va “OLMA” savdo tarmog‘i G‘oliblarning tasviri, fotosuratlari, videoyozuvlari, intervyulari va boshqa materiallaridan reklama, axborot, PR hamda marketing maqsadlarida, tarqatish hududi, muddati va usuli cheklanmagan holda hamda qo‘shimcha mukofot to‘lamasdan, basharti bunday foydalanish G‘oliblarning sha’ni, qadr-qimmati va qonuniy manfaatlariga putur yetkazmaslik sharti bilan foydalanishga haqlidirlar.

13.4. Ushbu Ofertadan kelib chiqadigan yoki Aksiya o‘tkazilishi munosabati bilan yuzaga keladigan barcha nizolar, kelishmovchiliklar va talablar Ishtirokchi hamda Ijrochi o‘rtasida muzokaralar o‘tkazish yo‘li bilan hal etiladi.

Nizoni e’tiroz bildirish tartibida, e’tiroz olingan paytdan boshlab 10 (o‘n) kalendar kuni ichida hal qilish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, mazkur nizo faqatgina O‘zbekiston Respublikasining sud organlarida, Ijrochi davlat ro‘yxatidan o‘tgan joy bo‘yicha — Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanlararo fuqarolik ishlari bo‘yicha sudida ko‘rib chiqilishi shart.

13.5. Ushbu Ofertaning biror-bir qoidasi haqiqiy emas yoki qo‘llab bo‘lmaydigan deb topilishi uning boshqa qoidalari haqiqiy emasligiga sabab bo‘lmaydi; qolgan shartlar to‘liq yuridik kuchini saqlab qoladi.

13.6. Ushbu Oferta rus va o‘zbek tillarida tuzilgan bo‘lib, ular teng yuridik kuchga ega. Rus va o‘zbek tillaridagi matnlar o‘rtasida qarama-qarshiliklar yoki turlicha talqinlar yuzaga kelgan taqdirda, rus tilidagi matn ustunlikka ega bo‘ladi. Ishtirokchi ushbu Ofertaning mazmuni va shartlarini, shuningdek, uni akseptlash (tasdiqlash) munosabati bilan yuzaga keladigan huquqiy oqibatlarni to‘liq va tegishli tarzda tushunish uchun rus va/yoki o‘zbek tilini yetarli darajada bilishini tasdiqlaydi.

13.7. Ushbu Ofertada to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarda tutilmagan barcha masalalarda Ijrochi, Hamkorlar, ularning vakolatli agentlari va Ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga, shu jumladan Fuqarolik kodeksi, “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun va boshqa tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladilar.