4. HUDUD VA XABARDOR QILISH4.1. Mazkur aktivlik doirasidagi tadbirlar (shu jumladan VR-zona faoliyati, cheklarni tekshirish va Sovgʻalarni topshirish) Ijrochi (Tashkilotchi) tomonidan uning xohishiga koʻra tashkil etilgan, maxsus jihozlangan maydonchalarda (keyingi oʻrinlarda — «Oʻyin maydonchalari») quyidagi manzillar boʻyicha oʻtkaziladi:
- Toshkent sh., Yangihayot tumani, Yangi Choshtepa MFY, Oʻzar koʻchasi;
- Toshkent sh., Sergeli tumani, Oʻzgarish MFY, Sergeli 5, 70/7-uy;
- Toshkent sh., Yangihayot tumani, Charogʻon koʻchasi, Doʻstlik 2 MFY, 27a-uy;
- Toshkent sh., Sergeli tumani, Sergeli 7 daxasi, 4A-uy;
- Toshkent sh., Uchtepa tumani, 30-mavze, 25A-uy;
- Toshkent sh., Yunusobod-7, Astrobod MFY, 5-uy;
- Toshkent sh., Uchtepa tumani, Lutfiy koʻchasi, 14-mavze, 2-uy, G-korpus;
- Toshkent sh., Shayxontohur tumani, Beltepa MFY, Beltepa mavzesi, 2-uy;
- Toshkent sh., Yakkasaroy tumani, Bobur MFY, Bobur koʻchasi, 73b-uy;
- Toshkent sh., Mirzo Ulugʻbek tumani, Mirzo Ulugʻbek koʻchasi, 142-uy;
- Toshkent sh., Yashnobod tumani, Osh koʻchasi, 24-uy;
- Toshkent sh., Chilonzor tumani, Katta Xirmontepa MFY, Katta Xirmontepa koʻchasi, 8a-uy;
- Toshkent sh., Yunusobod tumani, Bogʻishamol MFY, 11-mavze, 61-uy;
- Toshkent sh., Yangihayot tumani, Tursunzoda koʻchasi, 21-uy.
Ishtirokchilar va Tomonlar Ijrochi Aksiyaga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish jarayonida bevosita savdo nuqtalari roʻyxatini, ularning joylashgan manzillarini, maydonchalarning ish vaqtini, shuningdek har bir lokatsiya boʻyicha sovrin jamgʻarmasi hajmlarini keyinchalik oʻzgartirish, aniqlashtirish, koʻchirish va yangilash borasida soʻzsiz huquqqa ega ekanligini tan oladilar.
Maydonchaning joylashgan joyi, ish grafigi va sovrinlar limiti mavjudligi toʻgʻrisidagi dolzarb maʼlumotlar Ishtirokchilar eʼtiboriga faqatgina aktivlik oʻtkaziladigan kuni bevosita Oʻyin maydonchalarida joylashgan axborot stendlariga (konstruktsiyalariga) joylashtirish orqali yetkaziladi. Ishtirokchilar shartlar bilan joyning oʻzida mustaqil ravishda tanishadilar. Oʻzgartirishlar stendga joylashtirilgan paytdan boshlab kuchga kiradi.
4.2. Ishtirokchilarni Aksiyani oʻtkazish shartlari, muddatlari, unda ishtirok etish tartibi va natijalari toʻgʻrisida xabardor qilish faqatgina Ijrochining rasmiy axborot kanallari orqali amalga oshiriladi, jumladan:
- https://olmamarket.uz rasmiy veb-sayti;
- Ijrochining Telegramdagi rasmiy sahifasi;
- bevosita Savdo nuqtalarida joylashtirilgan reklama-axborot materiallari va axborot plakatlari;
- bevosita Oʻyin maydonchalarida joylashgan axborot stendlari (konstruktsiyalari);
- Ijrochi tomonidan oʻz xohishiga koʻra belgilangan boshqa manbalar.
4.3. Aksiya shartlarini talqin qilish maqsadlari uchun yuridik kuchga ega boʻlgan yagona rasmiy manba —
https://olmamarket.uz veb-saytida joylashtirilgan ushbu Oferta matni hisoblanadi.Reklama, bosma, media yoki boshqa materiallarda eʼlon qilingan maʼlumotlar bilan ushbu Oferta matni oʻrtasida tafovut (nomuvofiqlik) yuzaga kelgan taqdirda, saytda eʼlon qilingan oxirgi dolzarb tahrirdagi Oferta ustuvorlikka ega boʻladi.
4.4. Ijrochi Aksiyani oʻtkazish shartlari, muddatlari, hududi va tartibiga oʻzgartirishlar kiritishga, shuningdek, bu obʼektiv holatlar tufayli yuzaga kelgan taqdirda, uning oʻtkazilishini toʻliq yoki qisman toʻxtatib turishga yoki muddatidan oldin tugatishga haqli, jumladan, lekin bular bilan cheklanmagan holda:
- dasturiy taʼminot, kassa tizimlari yoki tarmoq infratuzilmasi ishidagi texnik nosozliklar va xatoliklar, VR-uskunalar (shlemlar, kontrollerlar, harakat datchiklari), simulyator dasturiy taʼminoti yoki maydonchaning tarmoq infratuzilmasi ishidagi nosozliklar;
- qonunchilik talablarining oʻzgarishi, Aksiyani oʻtkazishga taʼsir koʻrsatuvchi normativ-huquqiy hujjatlarning kuchga kirishi;
- Aksiyani keyinchalik oʻtkazishga toʻsqinlik qiluvchi yengib boʻlmas kuch holatlari (fors-major);
- Ishtirokchilar tomonidan VR-qurilmalardan foydalanilganda ularning jismoniy holati uchun xavflar (bosh aylanishi, harakat koordinatsiyasining yoʻqolishi) yuzaga kelishi, shuningdek, oʻyin zonasida xavfsizlik qoidalariga rioya qilinmasligi;
- Ishtirokchilar tomonidan qonunbuzarliklar, suiisteʼmolliklar yoki firibgarlik harakatlarining oldini olish zarurati.
Aksiyaning toʻxtatib turilishi yoki tugatilishi toʻgʻrisidagi barcha oʻzgartirishlar va bildirishnomalar, ular tasdiqlangan paytdan boshlab 24 (yigirma toʻrt) soatdan kechiktirilmagan muddatda Ijrochining https://olmamarket.uz rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Oʻzgartirishlar, agar bildirishnomada boshqa muddat belgilanmagan boʻlsa, ular eʼlon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi.
Bunda kiritilgan oʻzgartirishlar, ushbu oʻzgarishlar eʼlon qilingan paytga qadar VR-zonada oʻyin sessiyasidan muvaffaqiyatli oʻtgan va Aksiyaning barcha talablarini bajargan shaxslar uchun ishtirok etish shartlarini yomonlashtirmasligi hamda sovrinlarni olish huquqini cheklamasligi kerak.
4.5. Ijrochi, Hamkorlar va OLMA savdo tarmogʻi, ushbu Oferta yoki Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida toʻgʻridan-toʻgʻri nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno, Aksiyada ishtirok etish masalalari boʻyicha Ishtirokchilar bilan shaxsiy yozishmalar olib borishga, telefon orqali soʻzlashuvlar yoki boshqa shaxsiy muloqotlarni amalga oshirishga majbur emaslar.
Bunda Ijrochi, faqatgina Gʻoliblarni oʻyin natijalari va sovrinlarni olish tartib-taomillari toʻgʻrisida xabardor qilish maqsadida, ushbu Ofertaning 9-boʻlimida belgilangan tartibda shaxsiy bildirishnomalarni yuborishga haqli.
4.6. Aksiya Ishtirokchilari Aksiyaning dolzarb shartlari hamda https://olmamarket.uz veb-saytida eʼlon qilingan yoki VR-zonadagi axborot materiallariga joylashtirilgan oʻzgartirishlar bilan oʻz vaqtida tanishish uchun mustaqil ravishda javobgarlikni zimmalariga oladilar.
Saytni tekshirmaslik, internetga kirish imkoniyati yoʻqligi, Ishtirokchi tomondagi texnik nosozliklar yoki maydonchadagi axborot stendlariga eʼtibor bermaslik oqibatida oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ololmaslik Ishtirokchilarni Aksiya shartlarining dolzarb tahririga rioya qilishdan ozod etmaydi. VR-zonada oʻyin sessiyasining boshlanishi yoki promouterda roʻyxatdan oʻtish fakti Ishtirokchining ishtirok etish boshlangan paytda amalda boʻlgan talablar tahririga toʻliq va soʻzsiz roziligini tasdiqlaydi.